Kimlar
Kulishimni sog'indi kimlar, so'lishimni sog'indi kimlar.
Yonishimni kutganlar xam bor, sinishimni sog'indi kimlar...
Do'stingman deb chog' qazdilar oh, - men u chog'ga sig'madim biroq.
Goho ayol makriga uchdim, goh ko'ngilning og'usin ichdim...

Do'sti jonim, jondan azizsan, oqibatning zanjirin tuz san.
Yuragimga ursalar xanjar, yonimda tur qiyomatgacha.
Egik boshim sog'indi kimlar, ko'zda yoshim sog'indi kimlar.
O'lishimni kutganlar xam bor, tinishimni sog'indi kimlar.

Ingrayverar ichimda yurak, yig'layverar ne qilmok kerak.
Akam-ukam karindoshdan goh, begonalar keladi mardroq.
O, sevgilim hiyonatlaring, qalbim yirtar jinoyatlaring,
Eh, zerikdim yolg'onlardan man, charchab ketdim yomonlardan, man...

Yurak og'rir mozorim imlar, o'lsam ko'zim bosganda qumlar,
Sevishimni kutganlaram bor, sovishimni sog'indi kimlar.
Foniy dunyo xavasidan kech, yolg'onlarning hammasidan kech.
Pul, ayollar ko'ngilhushliklar, tiriklayin go'ringga tiqar.

Erkakman deb ko'krak kerganlar, qilmishlari ayoldan battar...
Pok nomimni qorib g'iybatga, savlatimni ko'rolmadilar.
Xayot, otam bag'rini yashnat, onajonim ko'zyoshlarin art.
Iflos, dushman xasadchilardan, qashon butkul qutulaman ayt.

Oldindadir xali chin-xazil, oldindadir hali yo'l-manzil.
Aytishimni kutganlar xam bor, qaytishimni sog'indi kimlar...
G'amlar ko'rsa murgak yelkamda, ota-onam siqiladida.
Ba'zilarga o'hshab sotilib, kechmaganman ona Vatandan...

Buxorodan ketib Toshkentga, naf teksin deb ona elimga,
Ahad Qayum ijod yo'lida, yaxshi niyat tukkan diliga,
O'lishimni kutganlaram bor, tinishimni sog'indi kimlar,
So'nishimni sog'indi kimlar, sinishimni sog'indi kimlar...

Navoiyning koshonasidan, Umar Xayyom mayxonasidan,
Xofiz elim taronasidan, muhabbatning gulxonasidan,
Ijodxona koshonasidan, adabiyot ostonasidan,
Ketishimni kutganlaram bor, kelishimni sog'indi kimlar.

Ahad Qayum
. Bosh sahifa
NeTusTa.Ga