Dunyo
Peshonangda yillar izin solarkan.
Yoshlik yomg'irdayin yog'diyu o'tdi,
Dunyo berganini qaytib olarkan.

Odam arimagan xovli endi bo'sh,
Izzatu ikromlar o'tib ketgan tush.
Qadring to'kilarkan to'kilgandek tish,
Dunyo berganini qaytib olarkan.

Kecha tillo sochib o'ynagan zotlar,
Bugun nochorlikdan indamay dodlar.
Dengizin sog'inib yig'lar qirg'oqlar,
Dunyo berganini qaytib olarkan.

Nafsning zanjiridan uzilu unut,
Vaqting kelishini ozod bo'lib kut.
Deya o'tib ketti yonimdan tobut,
Dunyo berganini qaytib olarkan.

Rislig'oy Hotamova
. Bosh sahifa
ziyobiz.lark.ru